10 iyun kuni Toşkent şahar hokimiyati va Yozuvçilar ijodiy uyuşmasi iştirokida oçilgan Bobur nomidagi Toşkent Markaziy ekoboği keyingi kunlarda taşrif buyuruvçilar uçun yopiq turgan edi.

Boğ ma'muriyati «Kun» muxbiriga bergan ma'lumotga köra, ekoboğ 14 iyun kuni oçilib, taşrif buyuruvçilarga xizmat qilmoqda.  

"Boğning faoliyati vaqtinçalik töxtatilganiga sabab - suv suğoriş tizimini örnatişdir. Şuningdek, boğ hududidagi "Sevgi oroli"da daraxt va köçatlar ötqazilmoqda. Biroq ekoboğning eşiklari mehmonlar va aholi uçun oçiq. Boğdagi ayrim işlar esa öz yakuniga yetkaziladi", - deya xabar qildi boğ ma'muriyati vakili.   

Bundan taşqari, ekoboğ ma'muriyati vakili boqqa kiriş bepul ekani, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar asossiz ekanligini ta'kidlab ötdi.