AQŞ davlat kotibi Reks Tillersonning fikriça, Rossiya Niderlandiya va Fransiyadagi saylovlarga aralaşgan.

"Mening fikrimça, ha", - dedi u, AQŞ senatidagi eşituvlarda bu boradagi savolga javob berarkan.

Şuningdek, Tillerson senatorlardan birining Rossiya kuçsiz bölgan NATOdan manfaatdor ekani haqidagi fikriga ham qöşilgan.

Ğarb siyosatçilari rus xakerlarini saylovlar jarayoniga aralaşişda ayblaşmoqda. Xususan, bunday ayblovlar bilan AQŞ Demokratik partiyasi vakillari va Fransiyaning saylangan prezidenti Emmanuel Makron çiqdi.

Rossiya bunday ayblovlarni rad etib kelmoqda, RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa ularni “asossiz şovqin kötariş” deya atadi.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov mamlakatning AQŞ, Fransiya va Germaniyadagi saylovlarga ehtimoliy aralaşuvi haqida gapirar ekan, buni tasdiqlovçi dalillar yöq ekanini iddao qildi.