IHMC Robotics Lab kompaniyasi «Valkiriya» deb nomlangan ikki oyoqli android-robotning notekis kengliklardagi sinov jarayonini ötkazmoqda. Mazkur robot Mars sayyorasini özlaştirişga möljallangan, deb yozadi TechCrunch.
«Valkiriya» prototipi Lindon Jonson nomidagi fazo markazi (NASA Johnson Space Center) tomonidan işlab çiqilgan. U atrofdagi obektlar va tösiqlarni skanlovçi LIDAR datçiklari bilan jihozlangan.
Androidning boşiga örnatilgan MultiSense SL kamerasi atrof-muhitni 3D-stereo va videotasvirga oladi. Uning uçbarmoqli qöllariga 38ta datçik örnatilgan. Ikkita Intel Core i7 protsessori robotning «boş miyasi» vazifasini bajaradi. Garçi, robot sinov vaqtida elektr tarmoğiga ulab qöyilgan bölsa-da, uning batareya quvvati bir soatga yetadi.
Dastlab, NASA «Valkiriya»ni tabiiy ofatlar vaqtida yordam beriş uçun işlab çiqqan edi. Biroq, 2014 yili agentlik maqsadni özgartirib, robotni fazoni özlaştiriş yönalişiga moslaştira boşladi. Robotning hozirgi vazifasi Marsdagi bölğusi fazoviy baza uçun joyni hozirlaşdan iborat. Bundan taşqari, 2035 yilda uçiriş möljallangan fazogirlarni kutib oliş, şuningdek, avariya-t'mirllaş işlarini ötkaziş uning vazifasidir.
Iyun oyi oxirida AQŞda Space Robotics Challenge musobaqasi bölib ötadi. Yoz oylari mobaynida 20 jamoa 1 mln dollar miqdoridagi mukofot uçun kuraş olib boradi. Tanlov virtual muhitda Gazebo dasturiy ta'minoti negizida bölib ötadi.












