Bill Geyts The Verge naşrining Decoder podkastida inson mehnatining kelajagi haqida öz qaraşlarini bayon qildi. Uning aytişiça, bugun odamlar bajarayotgan köplab vazifalarni kelajakda sunʼiy intellekt va robotlar öz zimmasiga olişi mumkin.
Geyts bu özgarişlar taxminan 20 yildan söng yuz berişini kutmoqda. Biroq uning prognozi muhim şartga boğliq - sunʼiy intellektning rivojlanişi sekinlaşmasligi kerak.
Uning baholaşiça, robotlar mehnati insonnikiga nisbatan arzonroq va samaraliroq böladi. Natijada aksariyat tovarlarni işlab çiqariş va xizmatlarni körsatiş uçun inson mehnatiga ehtiyoj qolmasligi mumkin.
Geyts bunday özgarişlar tovarlar narxining pasayişi, tibbiy yordam sifatining yaxşilanişi va taqçillikning kamayişiga olib kelişi mumkinligini aytgan. Ammo bu jarayon barça uçun birdek yengil keçmaydi. Ayniqsa, kasbiy könikmalariga talab kamayadigan xodimlar jiddiy qiyinçiliklarga duç kelişi mumkin.
Özgarişlar dastlab ofis işlari va asosan aqliy mehnatga tayanadigan ayrim kasblarda sezilişi kutilmoqda. Geytsning fikriça, bu sohalarda sunʼiy intellektning taʼsiri yaqin kelajakdayoq yaqqol namoyon bölişi mumkin.
Masalan, sunʼiy intellekt telefon orqali savdo qiliş, mijozlarga xizmat körsatiş va buxgalteriya hisobini yuritiş kabi vazifalarni bajara oladi. Geyts texnologiya bu işlarni ança arzon, tez va aniq amalga oşiriş imkoniga ega bölişini kutmoqda.
Uning fikriça, sunʼiy intellekt insondan ustun aqliy salohiyatga erişgaç, ofis va aqliy mehnat bilan boğliq sohalarda mutaxassislar yetişmovçiligi barham topadi.
Inson qiyofasidagi robotlar esa jismoniy mehnat bozoriga ham şunday taʼsir körsatişi mumkin. Bu, jumladan, quriliş va qişloq xöjaligiga taalluqli. Uy quriş yoki oziq-ovqat yetiştiriş kabi vazifalarning robotlar zimmasiga ötişi mazkur sohalardagi iş örinlarini özgartirişi mumkin.
Suhbatda robototexnikaga investitsiyalar, ayniqsa, Xitoyda ortib borayotganiga ham eʼtibor qaratilgan. Geytsning baholaşiça, bu jismoniy işlarni kam xarajat bilan bajaradigan maşinalarni yaratiş imkoniyati real ekanini körsatadi.
Şu bilan birga, u avtomatlaştirişning ijobiy imkoniyatlarini ham taʼkidlagan. Robotlar arzonroq uy-joy qurişi, sunʼiy intellekt esa kasalliklarni davolaş usullarini işlab çiqişga yordam berişi mumkin. Bunday texnologiyalar turmuş darajasini oşiriş va asosiy xizmatlarni köproq odamlar uçun hamyonbop qiliş salohiyatiga ega.












