NASA’ning Swift kosmik teleskopi uçirilganidan 22 yil ötib, 4-noyabr kuni boşqaruvsiz holatda Yerga qulab tuşdi. Bu haqda Antena 3 CNN xabar berdi.
Qayd etilişiça, 1450 kilogramm vaznga ega teleskop Grinviç vaqti bilan soat 12:39 da Sumatra orolining şimoliy qismi ustidan Yer atmosferasiga kirgan. Naşrning eslatişiça, teleskop 2004-yilning noyabr oyida ikki yil davomida koinotdagi eng kuçli portlaşlar - gamma-çaqnaşlarni örganiş vazifasi bilan Yer orbitasiga olib çiqilgan edi.
Swift faqat gamma-portlaşlarni kuzatiş bilangina çeklanib qolmadi. U boşqa köplab kosmik obyektlar va hodisalarni ham örgandi: olisdagi öta yangi yulduzlarning portlaşi va moddalarni öziga yutayotgan qora tuynuklardan tortib, Quyoş tizimidagi asteroid hamda kometalargaça.
Teleskop özining möljallangan xizmat muddati tugaganidan keyin ham yana uzoq vaqt işlaşda davom etdi. Kosmik teleskop özining sönggi ilmiy kuzatuvini şu yilning 20-oktabr kuni amalga oşirgan.
Naşrning qöşimça qilişiça, Swift missiyasi öta samarali keçgan: özining uzoq yillik ilmiy faoliyati davomida u 2 mingdan ortiq gamma-çaqnaş va 1 400 ta yangi yulduzni qayd etgan. Agar NASA’ning qutqaruv operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlanganida, teleskop bundan-da köproq maʼlumot töplaşi mumkin edi.
NASA 2025-yilning sentabr oyida Katalyst Space kompaniyasi bilan robotlaştirilgan kosmik apparatni loyihalaş, uçiriş va undan foydalaniş böyiça 30 million dollarlik şartnoma imzolagan edi. Apparat teleskop bilan tutaşişi va uni yuqoriroq orbitaga olib çiqib, işlaş muddatini uzaytirişi kerak edi.
Swift asta-sekin Yerga qarab pasayib bordi. Uni Yerga tortayotgan atmosfera qarşiligini yengiş uçun öz dvigatellari mavjud emasdi. Swift balandlikni yöqotgani sayin jarayon tezlaşdi va Katalyst kompaniyasi zudlik bilan harakat qilişiga töğri keldi. 3-iyul kuni LINK missiyasi - avgust oyida Swift’ni tutib olişga möljallangan, uçta robotlaştirilgan manipulyatorga ega muzlatkiç kattaligidagi texnik xizmat körsatiş apparati uçirildi.
Biroq, naşrning taʼkidlaşiça, LINK apparatining dvigatellar tizimi va fazoda yönalişni saqlaş tizimida muammolar yuzaga kelgani sababli bu reja amalga oşmadi.












