Londonning Şimoliy Kensington tumanidagi 24 qavatli turar-joy binosida sodir bölgan yonğin taxminan 70 nafar odamning umriga zomin böldi, deb xabar bermoqda tergovga yaqin manbalarga iqtibos keltirgan holda Sky News telekanali.

Avvalroq favqulotda xizmatlar 30 kişining halok bölganini xabar qilgandilar va qurbonlar soni oşişi mumkinligidan ogohlantirgandilar. 

Bu orada yonğinda halok bölganlar yaqinlari tuman ma'muriyati binosiga bostirib kirib, ularga tergov borişi haqida töliq ma'lumotni taqdim qilişni va jabrlanganlarga  zudlik bilan moliyaviy yordam körsatişni talab qilganlar.

Binodagi yonğin 14 iyunga ötar keçasi yuz bergan. Avvalroq kamida 30 kişi halok bölgani, 24 kişi şifoxonada ekanligi, ulardan 12 nafari oğir ahvoldaligi ma'lum qilingandi. Öt öçiruvçilarning ma'lum qilişiça, yonğin oqibatida 120ga yaqin oila jabr körgan bölişi mumkin. Binoda yaşagan 600 odam yaqin oradagi jamoat markazlari, masjid va çerkovlarda vaqtinçalik joylaştirilgan. Binoda asosan Afrika va Yaqin Şarq davlatlaridan kelganlar yaşagan.