Bugun Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyevning «Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinişi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantiriş tizimini tubdan takomillaştirişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni e'lon qilindi.
Farmonga köra, Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş markazlari taşkil etiladi va ular faoliyatining asosiy vazifalari va yönalişlari etib quyidagilar belgilanmoqda:
• zarur şart-şaroitlarni yaratiş va bir joyning özida keng kölamli davlat organlari hamda bozor infratuzilmasi sub'yektlarining xizmatlari, biznes-xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatini taqdim etiş orqali tadbirkorlik sub'yektlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş;
• tadbirkorlik sub'yektlariga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulaniş, axborot ta'minoti, davlat xizmatlaridan foydalanişda (röyxatdan ötkaziş, ruxsat beriş, litsenziyalaş va boşqa hujjatlar) kömak beriş;
• biznes-rejalar işlab çiqiş, şuningdek, lizing, suğurta va baholaş xizmatlaridan foydalaniş uçun zarur hujjatlarni tayyorlaş;
• moliyaviy, tovar-xomaşyo va tabiiy resurslar, texnologik maşinalar va uskunalar, işlab çiqariş obektlari, şuningdek, yer maydonlaridan foydalanişda kömaklaşiş;
• soliqqa tortiliş, işçilar yollaş, statistika, moliya, soliq va boşqa hisobotlarni topşiriş, bank xizmatlari, bino va joylarni ijaraga oliş, davlat mulki obektlarini «nol» qiymatida xarid qilişda maslahatlar beriş;
• xalqaro standartlar va sertifikatsiya tizimini joriy etişda, jumladan, taşqi savdo hamkorlar bilan kooperatsiya aloqalarini yölga qöyişda, şuningdek, taşqi iqtisodiy faoliyatni amalga oşirişda yordam beriş;
• tadbirkorlik sub'yektlari uçun tadbirkorlik faoliyatini taşkil etiş va amalga oşiriş bilan boğliq masalalar böyiça bozor infratuzilmasi sub'yektlari, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ikki tomonlama va köp tomonlama muzokaralarni taşkil etiş.










