Prezident Şavkat Mirziyoyev Farğona viloyatiga taşrifi davomida Özbekiston rivojiga hissa qöşiş istagida mamlakatga taşrif buyurayotgan vatandoşlarimiz uçun şaroit yaratiş kerakligini ta'kidladi.
Buyuk britaniyalik vatandoşimiz Akbar Aşurov ham Farğonadagi muloqot davomida Jizzax viloyatida amalga oşirilişi közda tutilgan loyihani taqdim qildi.
“Agar siz Angliyaning havosini olgan bölsangiz, Özbekistonda ham şu biznesga şaroit havosi kirmoqda sekin-sekin. Mana hozir qarorlarimizni körayapsiz, strategiyamizni kördingiz, monetar siyosatimizni körayapsiz. Umuman, tadbirkorlikda iqtisodiy manfaatdorlik bölmasa, uning içiga kiriş kerak emas. Zamon şunday. Qaçon dunyoqaraş özgaradi – iqtisodiy manfaatdorlik bölsa, pirovard maqsad, natija. Ana şu nuqtai nazardan hozir bizga kirganlar ertaga kam bölmaydi. Nima qilib sizga yordam beray? Nima qilib sizni işontiray, sizga öxşagan köp özbeklar qaytib kelişi uçun?”, - dedi davlat rahbari Aşurov bilan muloqot çoğida.
“Biz köp narsalarni amalga oşiramiz. Erkin savdo, erkin valyuta, Özbekistonning şunça imkoni, mehnatkaş xalqining şaroiti sizlarning ham obrölaring. Meni vatanim ham şunday, kelgin, deyişlaringga biz şaroit yaratamiz”, - degan Şavkat Mirziyoyev.
Buyuk britaniyalik investor Akbar Aşurov esa Özbekistonda bölayotgan özgarişlar, tadbirkorlarga yaratilayotgan yangi şaroitlarni körib, hozirgi şaroitdan kelib çiqqan holda Özbekistonda yana qöşimça biznes qilişga, investitsiya qilişga öz hissasini qöşişga qaror qilganini aytib ötdi.











