Konfederatsiyalar Kubogi A guruhining 3-tur öyinlari yakuniga yetdi. Unda pley-offga çiqqan ikki jamoa nomi ma'lum böldi.
Portugaliya Yangi Zelandiya bilan kuç sinaşib, raqib darvozasiga javobsiz 4ta gol kiritdi.
Dastlab 33-daqiqada Ronalduni penaltini aniq amalga oşirib, jamoasini oldinga olib çiqqan bölsa, oradan 4 daqiqa ötib, Bernardu Silva oradagi farqni oşirdi. Uçraşuvning 80-daqiqasida Andre Silva ham öz nomini tabloga yozdirib, hisobni yirik körinişga olib keldi. Uçraşuvdagi törtinçi gol öyinning sönggi daqiqalarida Nani tomonidan kiritildi.
Şu tariqa Portugaliya terma jamoasi 7 oçko töplab, guruhda 1-örin bilan keyingi bosqiçga yöl oldi. Yangi Zelandiya esa 3ta öyinning barçasida mağlubiyatga uçrab, oçko qölga kirita olmadi.

Yangi Zelandiya – Portugaliya 0:4
Gollar: 0:1 – 33, penalti Ronaldu, 0:2 – 37 Bernardu Silva, 0:3 – 80 Andre Silva, 0:4 – 90 Nani.
Yangi Zelandiya – Marinoviç, Dyurent (Smelts, 74), Smit, Doyl, Boksell, Roxas, Lyuis (Barbaruses, 65), Tomas, Vud, Ingem, Makglinçi (Tuiloma, 37).
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Elizeu, Nelson Semedu, Alveş, Bernardu Silva (Pitstsi, 46), Danilu Pereyra, Moutinyu, Kuarejma (Jyelson Martinş, 84), Andre Silva, Ronaldu (Nani, 67).
Ogohlantirişlar: Lyuis (19), Nelson Semedu (21), Pepe (56), Ingem (82).
Guruhning ikkinçi öyinida Meksika Rossiya bilan kuç sinaşdi. Gollarga boy bölgan uçraşuv Meksikaning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
25-daqiqada Samedov gol kiritib, Rossiyani hisobda oldinga olib çiqqan bölsa, oradan 5 daqiqa ötib, Arauxo hisobni tenglaştirdi. Meksikaliklarga ğalaba keltirgan gol 52-daqiqada Losano tomonidan kiritildi.
Şu tariqa Meksika ham 7 oçko töplab, qöşimça körsatkiçlar borasida Portugaliyadan keyin, 2-örin bilan pley-offga çiqdi. Rossiya esa 3 oçko bilan musobaqadagi kuraşni töxtatdi.

Meksika – Rossiya 2:1
Gollar: 0:1 – 25 Samedov, 1:1 – 30 Arauxo, 2:1 – 52 Losano.
Meksika – Oçoa, Moreno, Reyyes (Reyyes, 39), Layyun, Guardado (Alanis, 70), Losano, Dos Santos, Vela (Akino, 46), Errera, Arauxo, Ernandes.
Rossiya – Akinfeyev, Vasin, Djikiya, Kudryaşov, Gluşakov, Samedov, Golovin, Yeroxin (Smolnikov, 70), Jirkov, Smolov (Kanunnikov, 78), Buxarov (Poloz, 64).
Ogohlantirişlar: Jirkov (9), Guardado (16), Kudryaşov (63), Vasin (71), Golovin (88), Alanis (90).
Çetlatiş: Jirkov (68).











