Turkiya hukumati mamlakat hududida Call of Duty, Guitar Hero va Pac-Man kabi öyinlar sotuvini taqiqlamoqçi. Bunga ularning islomga yovlarça munosabatni şakllantirişi sabab qilib körsatilgan. Newsweek şu haqidagi xabari bilan bölişdi. 

Turkiya yoşlar va sport vazirligi xodimlarining fikriça, bu öyinlar qasddan islomofobiya kölamini kengaytiriş va islom ramzlarini bulğaşga yönaltirilgan. Call of Duty'ning ba'zi syujyetlarida öyinçilar musulmon terrorçilarni öldirişi kerak böladi. Guitar Hero III: Legends of Rock'da esa qahramonlar arab tilida "Alloh" sözi yozilgan sahnada sakraşadi. Pac-Man personaji esa taom örniga kiçik nuqtalarni iste'mol qiladi va arvohlar - "niqoblangan musulmon ayollar" tomonidan ta'qib qilinadi. 

"Köp öyinlarning maqsadi - islom töğrisida odamlarda notöğri tasavvur hosil qiliş. Raqamli öyinlar islomofobiya kölamini kengaytiriş quroli sifatida qöllanmoqda. Öyinçilar köpinça askar rolida namoyon bölib, işlab çiqaruvçilar tomonidan terrorçi sifatida aks ettirilgan musulmonlarni öldirib, oçkolarga ega bölişadi. Öyinlarning boş maqsadi - odamlarda islomga yovlarça munosabatni şakllantiriş", - deydi Ta'lim, madaniyat va tadqiqotlar komissiyasi rahbari Xusayf Yilmaz.