2017 yilning I çoragida Rossiya Federatsiyasida migratsiya ösiş darajasi deyarli uçdan bir qismga pasaygan, deyiladi «Izvestiya» gazetasi tomonidan e'lon qilingan maqolada.
Joriy yilning birinçi çoragida Rossiyaga kirayotgan migrantlarning ösiş darajasi 2016 yilning şu davriga nisbatan 26,8 foizga pasaygan. Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi Rossiya Xalq xöjaligi va Davlat xizmati akademiyasining (RANXiGS) ijtimoiy tahlil va prognozlaş instituti tomonidan ötkazilgan tadqiqotlar davomida ana şunday natijalar olingan. Ayrim ekspertlar tendensiya haqida söz oçişsa, boşqalari kelayotgan migrantlarning kamaygani diqqatga sazovorligi haqida gapirişga hozirça erta ekanligini urğulaşgan. Bu holda, Rossiyaga işlaş uçun kelayotgan ukrainaliklarning soni sezilarli darajada (40 foizga) pasaygani e'tiborga molik.
Rosstat ma'lumotlariga köra, 2017 yilning yanvar–mart oylarida Rossiyaga işlaş uçun kirib kelgan mingrantlar soni 122,3 ming kişini taşkil etgan. Bu ötgan yilning I çoragidagidan köra 8,1 foizga kam. Çiqib ketganlar soni esa, aksinça, 8,3 ming kişiga ösgan. Natijada «migratsion ösiş», deb ataluvçi körsatkiç, birinçi çorak mobaynida ötgan yilning şu davriga nisbatan 26,8 foizga kamaygan.
Biroq RANXiGS ekspertlari global tendensiya haqida gapirişga erta ekanligini urğulaşmoqda.
— Çoraklar böyiça ma'lumotlar yildan yilga özgarib turadi. Köpinça II va IV çoraklardagi migratsiya ösiş birinçi çorak körsatkiçidan oşadi. 2017 yilning yanvar–mart oylaridagi migratsion ösiş 2013 yil darajasida böldi va bu 2014–2015 yildagilardan köra köproq, — deyişmoqda RANXiGS tadqiqotçilari.
Rossiya migrantlar federatsiyasi prezidenti Vadim Kojyenovning «Izvestiya»ga bildirişiça, migratsion ösişning pasayişi vaqtinçalik hodisadir. Umuman olganda, Rossiyadagi migrantlar sonida juz'iy özgariş röy bergani yöq.
— Natijalarni yil oxirida xulosalaş kerak. Masalan, köpçilik yil boşida uyiga, uzoq vaqt bayram qilgani ketgan bölişi mumkin, dedi ekspert.
Biroq RANXiGSning ijtimoiy tahlil va prognozlaş instituti va Oliy iqtisodiyot maktabi demografiya instituti yetakçi ilmiy xodimi Nikita Mkrtçyanning qayd etişiça, bu yerda taqqoslaş ötgan yilning I çoragiga nisbatan olib borilgan. U migrantlar ötgan yili ham şunday bayramlarga, dam olgani ketgan bölişi mumkinligi, biroq migratsion ösiş yuqori bölganini ta'kidlab ötgan.
— Heç qanday mavsumiy omillar ta'sir qilmagan, bu aniq. Biz uzoq muddatli migratsiya haqida gaplaşmoqdamiz. Bunda insonlar Rossiya aholisi sonini töldirişadi. Bu yerda mavsumiylik katta rol öynamaydi, — degan mutaxassis.
RANXiGSdagilarning qayd etişiça, şu yilning yanvar–mart oylarida Ukraina fuqarolari hisobidan migratsion ösiş ötgan yilga nisbatan 40 foizga pasaygan. Bu ham kelayotgan migrantlar umumiy oqimi «susaygani»ning muhim omilidir.
— Ukraina fuqarolarining Rossiyadagi xalqaro migratsiyadagi uluşi endilikda 2014–2016 yillardagidek unçalik katta emas, — deyişdi RANXiGSdagilar.
Nikita Mkrtçyananing fikriga köra, Ukrainalik migrantlarni bir neça turga böliş mumkin. Birinçilari — Ukraina voqealarigaça yoki undan keyin ham Rossiyada uzoq vaqt işlab kelgan va kelayotganlar. Ikkinçilari — faol jangovar harakatlar tugaşini kutib, Rossiyadan vaqtinçalik boşpana topganlar. Ularning bir qismi vataniga qaytib ketgan. Bugunga kelib, kelayotganlar oqimi mö'tadillaşgan.
— 11 iyun kuni Yevropa ittifoqi Ukraina fuqarolari uçun viza rejimini yengillaştirdi. Şu sababli bugun ukrainaliklarning köpçiligi «yevropaça erkinlik» ta'mini tatib körişni istaydi. Yevropaning ayrim davlatlarida işsizlik soni ikki xonali raqamlarda ölçanişini inobatga olsak, bu havas doimiy bölişini kutiş yaramaydi. Boz ustiga, vizasiz rejim Yevropa davlatlarida işlaş imkonini bermaydi. Ukrainaliklar Şengen zonasi davlatlariga erkin kirib çiqişlari mumkin, lekin ularning taşrifi yarim yil içida 90 kundan oşmasligi kerak, — dey tuşuntirgan «Izvestiya»ga Rossiya menejyerlar assotsiatsiyasining marketing va korporativ kommunikatsiyalar departamenti direktori Yuriy Praslov.
2014 yilgaça migrantlar ösişini ta'minlagan Markaziy Osiyodan kelayotgan oqim ham ekspertlarning fikriga köra birmunça pasaygan. 2011–2013 yillarda Rossiyaning asosiy migratsion donori hisoblangan Özbekiston esa endilikda nafaqat Ukraina, hattoki Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikistondanam keyinda turibdi.
Rosstat ma'lumotlariga köra 2016 yilda Rossiyaga 4,706 million migrant kirib kelgan, 4,444 million migrant esa uni tark etgan. Migratsion ösiş 261 ming 948 kişini taşkil etgan.












