Şavkat Mirziyoyev Mirzo Uluğbek tumani içki işlar boşqarmasi 8-şahar içki işlar bölimi faoliyati bilan tanişdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Davlat rahbari joriy yilning 9 fevral kuni içki işlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamçiliklar, istiqboldagi vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğilişida militsiya tayanç punktlari infratuzilmasini takomillaştiriş, içki işlar organlari tizimini kompleks isloh qiliş, uning tarkibiy tuzilmalarini optimallaştiriş zarurligini ta'kidladi.
Ana şu vazifalardan kelib çiqib, içki işlarni xalqqa yanada yaqinlaştiriş, jinoyat sodir etilişining oldini oliş, profilaktika tadbirlarini kuçaytiriş maqsadida poytaxt tumanlari içki işlar boşqarmalari qoşida şahar içki işlar bölimlari taşkil etilmoqda.
Prezident 8-şahar içki işlar bölimi xodimlari bilan muloqot qildi, zamonaviy texnologiyalar böyiça amalga oşirilayotgan iş jarayoni bilan tanişdi.
Içki işlar idoralarini xalqqa yaqinlaştirişdan maqsad jinoyatçilikning oldini oliş, uning asl sabablarini aniqlaş, aholining huquq va erkinliklari, osuda va tinç hayotini ta'minlaşdan iborat, dedi davlat rahbari.
Şu yerda «Avtokon» — avtomaşinalarning davlat raqamlarini avtomatik aniqlaş va qoidabuzarliklarni qayd etiş maxsus apparatining taqdimoti ötkazildi. Yöl harakati inspektori maşinasiga örnatiladigan uşbu maxsus qurilma qoidabuzarlik sodir etib, jarima tölamay yurgan transport vositalarini bevosita harakat jarayonida aniqlaş imkonini beradi.
Prezident uşbu qurilmani yanada takomillaştiriş yuzasidan körsatmalar berdi.












