NATO Afğonistonda 2017 yildan söng ham qoladi va öz harbiy kuçlarini yanada mustahkamlaydi. Bu haqda Şimoliy Atlantika alyansi boş kotibi Yyens Stoltenberg payşanba kuni NATO mudofaa vazirlarining Afğoniston böyiça yiğilişi yakunida ma'lum qildi.

"Biz “Qat'iy qöllab-quvvatlov” missiyamizni 2017 yildan söng davom ettiramiz. Bugun şuni tasdiqlaşim mumkinki, u yerdagi harbiy kuçlarimizni ham mustahkamlaymiz", - dedi u. Ta'kidlanişiça, NATOning 15 davlati Afğonistondagi missiyaga öz hissasini yanada oşiriş böyiça majburiyat oldi. "Şuningdek, Afğoniston xavfsizlik kuçlarini moliyalaştirişni 2020 yilgaça davom ettiramiz", - deya qöşimça qilib ötdi Stoltenberg.

Uning sözlariga köra, bu bölinmalar sifat jihatidan yangi darajaga ötişi lozim. "Aynan şuning uçun missiyamiz doirasida afğon maxsus topşiriqli otryadlari sonini ikki barobarga oşiriş niyatidamiz. Biz Afğonistonga yangi samolyotlar taqdim etamiz va uçuvçilarni tayyorlaymiz. Şuning uçun harbiy akademiyalardagi joylarni kadrlar tayyorlaş maqsadida köpaytirmoqdamiz", - deya ta'kidlab ötdi Stoltenberg.

Alyans boş kotibi sözlariga köra, Ukraina NATOning Afğonistondagi missiyasini qöllab-quvvatlaşda davom etişga va'da bergan.

"Ukraina mudofaa vaziri yiğilişda iştirok etdi. U Ukraina Afğoniston va bizning uşbu davlatdagi amaliyotimizni qöllab-quvvatlaşini tasdiqladi", - dedi u.

Boş kotib sözlariga köra, Ukraina Afğoniston uçun qöşimça kuç va mablağ taşkil etiş böyiça anjumanda qatnaşadi. "Barça davlatlar böyiça ma'lumot bera olmayman, biroq Ukrainaga bizning Afğonistondagi missiyamizga hissa qöşgani uçun minnatdormiz", - deya ta'kidlab ötdi Stoltenberg.