Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni Mirzo Uluğbek tumaniga taşrifi davomida 8-sonli şahar içki işlar bölimida ham bölib, xodimlar bilan suhbatlaşdi va iş faoliyati bilan tanişdi.

Bu yerda avtomobillarning davlat raqamlarini avtomat ravişda taniş va qoidabuzarliklarni qayd etiş uçun «Avtokon» uskunasi taqdimoti ötkazildi. 

Mazkur uskuna yöl harakati xavfsizligi inspektori maşinasiga örnatiladi va oqimdagi avtomobillarni orqa raqamlar orqali «tanişga» imkon beradi.

Prezident uşbu qurilmani yanada takomillaştiriş yuzasidan körsatmalar berdi.