Özbekiston yoşlar ittifoqi ma'naviy-axloqiy jihatdan muammosi bor, ya'ni notinç oila farzandlari, jinoyatçilikka moyil bölgan yoki profilaktik röyxatda turadigan yoşlar bilan individual tarzda iş olib borişga köproq e'tibor qaratişi lozim, dedi Özbekiston Prezidenti "Kamolot" taşkilotining yiğilişida.
"Iqtidorli, tarbiyali bolalar bilan işlaş oson, lekin hayotda qoqilgan yoki yomon muhitga tuşib qolgan yoşlarni töğri yölga, ezgu maqsadga da'vat qiliş, işontiriş qiyin. Yangi taşkilot (Yoşlar ittifoqi) mana şu oğir, lekin öta zarur vazifani öz zimmasiga olişi ayni muddao bölur edi.
Biz “uyuşmagan yoşlar, uyuşmagan yoşlar”, deb köp gapiramiz. Lekin bu masalani huquqiy va amaliy jihatdan hal qilişga kelganda, oçiq aytiş kerak, köpçiligimiz nima qiliş lozimligini bilmaymiz.
Şu maqsadda Özbekiston yoşlar ittifoqi boşçiligida, boşqa manfaatdor vazirlik va idoralar iştirokida, bir ilmiy-amaliy konferensiya ötkaziş örinli bölur edi. Unda uyuşmagan yoşlar bilan işlaş böyiça har tomonlama asoslangan tavsiyalar işlab çiqiş zarur, deb öylayman. Bu vazifa Davlat maslahatçilari O.Murodov va R.Komilovga topşiriladi.
Yana bir muhim masalaga e'tiboringizni qaratişni istardim.
Özbekiston yoşlar ittifoqi jahon madaniyati rivojiga beqiyos hissa qöşgan buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat, unga munosib böliş tuyğusini şakllantiriş, bu bebaho boylikni çuqur örganiş va keng tarğib etişga qaratilgan mazmundor, ta'sirçan loyihalarni amalga oşirişda taşabbus körsatişi nur ustiga nur bölur edi. Hozirça bu borada yoşlar taşkilotining işini qoniqarli deb bölmaydi.
Mamlakatimizda hukm surayotgan tinçlik, millatlararo totuvlik, özaro hurmat va mehr-oqibat muhitini köz qoraçiğidek asraş, yoş avlod örtasida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini kuçaytirişda Özbekiston yoşlar ittifoqi özining mustahkam örniga ega bölişi lozim.
Ma'lumki, tarixda xalqimiz orasidan köplab buyuk sarkardalar yetişib çiqqan. Ana şunday mard va fidoiy ajdodlarimizning harbiy sohadagi boy merosi, mardlik va jasurlik fazilatlari yoşlarimiz uçun ibrat maktabi bölib xizmat qiladi.
Ayniqsa, Sohibqiron Amir Temur bobomizdek – u zot bironta jangda mağlub bölmagan – yengilmas sarkarda va davlat arbobi jahon tarixida kamdan-kam topiladi. Öz yaqinlari, zamondoşlari bu uluğ siymoni Temurbek deb atagan ekanlar. Men şu haqda öylaganimda, bir fikr xayolimdan heç ketmaydi. Yurtimizda yoşlarga harbiy ta'lim-tarbiya beradigan kursantlar maktablariga “Temurbeklar maktabi” deb nom bersak, nima deysizlar?
Bu masala böyiça Boş vazir A.Aripov Xavfsizlik kengaşi kotibi V.Mahmudov, mudofaa vaziri Q.Berdiyevga bir oy muddatda taklif kiritiş vazifasi topşiriladi", - dedi davlat rahbari.











