28 va 30 iyun kunlarida Toşkentda «Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi va «Turkmenistan» aviakompaniyasi vakillari uçraşuvi ötkazildi. Uçraşuvda turkman aviataşuvçisining Özbekistonga parvozlarni amalga oşirişini yölga qöyiş masalasi muhokama qilindi.

Uçraşuv Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 20 may kuni Turkmanistonga uyuştirgan işçi taşrifi davomida imzolangan kelişuv doirasida taşkil etildi.

Yil oxiriga qadar «Aşxobod-Toşkent-Aşxobod» yönalişi böyiça aviaparvozlarni yölga qöyiş rejalaştirilgan.

Milliy aviakompaniya matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, uçraşuvda Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida Turkmaniston aviakompaniyasi havo kemalariga xizmat körsatiş va bort oziq-ovqati bilan ta'minlaş töğrisidagi şartnomalarni imzolandi.

Muzokaralarda taşuvga oid hujjatlarni özaro tan oliş va har ikki aviataşuvçiga şerik tomonning reyslariga aviaçiptalarni rasmiylaştiriş huquqini beruvçi tijoriy interlayn-kelişuv loyihasi ham körib çiqilgan.