Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkmaniston poytaxti Aşxobod şahrida taşkil etilgan «ONA. Ona tabiat» körgazmasida iştirok etib, uning juda iliq taassurot qoldirganini maʼlum qildi.

«Ijodkorlar sanʼat orqali muhim bir ğoyani aks ettirişgan: tabiat ham xuddi munis onalarimizdek mehrga, ğamxörlik va ehtiromga loyiq. Bu tuyğuni, bunday munosabatni farzandlarimiz ongiga ham singdiriş juda muhim.
Gurbanguli Berdimuhamedov nomidagi xayriya jamğarmasi hamda Haydar Aliyev jamğarmasini uşbu ajoyib körgazmaning oçilişi bilan tabriklayman. Ezgu va ibratli taşabbus uçun rahmat!», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.














