Turkiya-Özbekiston Salomatlik haftasi doirasida Toşkentga kelgan turk şifokorlari bu yerda 70 dan ortiq yurak-qon tomir, ortopedik, urologik va ginekologik operatsiyalarni ötkazişadi. "Anadolu" agentligi şu haqida xabar berdi. 

Toşkentdagi törtinçi Turkiya-Özbekiston Salomatlik haftasi TİKA (Turkiyaning hamkorlik va koordinatsiya agentligi) qöllab-quvvatlaşi ostida ikki mamlakatning soğliqni saqlaş vazirliklari tomonidan taşkillaştirilgan.

Salomatlik haftasi turk va özbek şifokorlari örtasidagi birodarlik va döstlik aloqalarini yanada mustahkamlaydi, ularga boy tajriba bilan almaşiş imkonini beradi, dedi Turkiya soğliqni saqlaş vazirligi vakili Selami Kilaç. 

Kiliçning ma'lum qilişiça, Salomatlik haftasi doirasida Özbekistonga 19 nafar tajribali turk şifokori taşrif buyurgan.