Xitoyning şimolidagi Tszilin viloyatida gaz quvurining avariya holatidagi liniyasini ta'mirlaş vaqtida portlaş yuz berdi. Buning oqibatida kamida 5 kişi halok bölgan, yana 89 kişi jarohat olgan, ulardan 14 nafarining ahvoli oğir deya baholangan.
Sun'yuan şahrida yuz bergan fojiaga ta'mirlaş vaqtida gaz sizib çiqişi sabab bölgan. Portlaş vaqtida işçilar, tasodifiy piyodalar hamda yaqin orada joylaşgan şifoxona xodimlari va bemorlar jabr körganlar.
Bu voqea Xitoyda hafta davomida yuz bergan ikkinçi holatdir. 2 iyulda Guyçjou viloyatidagi gaz quvurida yuz bergan ikkita portlaş va uning ortidan çiqqan yonğin oqibatida 8 kişi halok bölgandi, 35 kişi jarohat olgandi.











