AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya Ukrainani beqarorlaştirişni hamda Eron va Suriya tuzumlarini qöllab-quvvatlaşni bas qilişi kerakligini aytdi.
Tramp 5 iyulda Polşa poytaxti Varşavaga kelgan. U 6 iyulda Polşa rahbariyati bilan muzokaralarda va Uç dengiz sammitida iştirok etgan.
"Rossiya Ukraina beqarorlaştirişni bas qilişi, Suriya yoki Eron kabi tuzumlarni qöllab-quvvatlaşni bas qilişi lozim", deb aytgan Tramp Varşavadagi Krasinskiy maydonidagi nutqida.
Tramp Rossiya "umumiy duşmanlar bilan kuraşişga va tsivilitsaziyani himoya qilişga javobgar xalqlar hamjamiyatiga qöşilişini" talab qildi.
Rossiya unga bildirilayotgan bu ayblovlarni rad etib keladi.












