Şavkat Mirziyoyev Çust tumanida qurilayotgan Ösimliklarni himoya qiluvçi kimyoviy vositalar işlab çiqaruvçi zavod imkoniyatlari bilan tanişdi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

«Ifoda agro kimyo himoya» mas'uliyati çeklangan jamiyati öz mablaği va «Hamkorbank» kreditlari yordamida bunyod etayotgan uşbu zavodda qişloq xöjaligi ekinlarini turli kasalliklardan himoya qiluvçi 28 turdagi kimyoviy preparatlar işlab çiqarilişi közda tutilgan. Korxonaning loyiha qiymati 6,5 million dollarni taşkil etadi. 

Uşbu zavod işga tuşganidan keyin xorijdan keltirilayotgan kimyoviy preparatlar bilan mamlakatimizni töliq ta'minlaş, hatto xorijga eksport qiliş imkoniyati paydo böladi. 

Prezident preparatlarni tayyorlaşda ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni yölga qöyiş, mahsulotlar sifatini yaxşilaş, eksportni kengaytiriş zarurligini ta'kidladi. 

Şu yerda Namangan viloyati hududidagi past rentabelli adirlarda yonğoqzor, pistazorlar bunyod etiş, paxta va ğalla maydonlarini kamaytiriş hisobiga qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişni köpaytiriş, kovul ekişni taşkil qiliş, parrandaçilik va eçkiçilikni rivojlantiriş loyihalari taqdimoti ham bölib ötdi. 

Davlat rahbari kam hosil beradigan, zarar körib işlayotgan tumanlarda paxta va ğalla maydonlarini keskin kamaytiriş, uning örniga yuqori daromad beradigan meva-sabzavot, poliz ekinlarini ekiş lozimligini ta'kidladi. Toki odamlarimiz mehnatining rohatini körsin, hayotidan rozi bölsin. 

Mamlakatimizning ayrim hududlarida, jumladan, Namangan viloyatida ösadigan kovul bargi, mevasi va tomir pösti tabobatda qöllaniladi. Turli şişlarni davolaş, nafas qisişi, taloq qotişi, qurtlarni haydaş, poliartrit, böqoq kabi kasalliklarni davolaşda işlatiladi. Bu yil viloyatning 3 ming gektardan ziyod maydonida uşbu ösimlikni ekiş rejalaştirilgan. Kam xarajat va oz mehnat talab qiladigan bu ösimlikdan yiliga tört marta hosil oliş mumkin. 

Prezident kovul yetiştiriş böyiça ilmiy asoslarni işlab çiqiş, eksport qiliş mexanizmini yaratiş, viloyatda kovulçilikni rivojlantiriş böyiça assotsiatsiya taşkil etiş yuzasidan mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi. 

Xalq orasida kavar deb ham ataladigan uşbu ösimlik şifobaxş xususiyatga egadir. Quyidagi maqolada kavar ösimligi haqida batafsil ma'lumot berilgan. Unda keltirilişiça, bu ösimlikdan yiliga 1 gektaridan 125 ming dollar daromad qiliş mumkin.

Kavar yoki oyoq ostida ösadigan daromad - yiliga har gektaridan 125 ming dollar