Vetnam huquq-tartibot organlari mamlakatning markaziy qismida joylaşgan Tanghua provinsiyasida istiqomat qiluvçi kontrabandaçidan 2,7 tonna fil suyagini musodara qilib, olib qöygan, deb yozadi mahalliy Tuoi Tre naşri.

Politsiyaçilar avtotrassada mamlakat poytaxti Hanoy tomon ketayotgan şubhali yuk maşinasini töxtatişgan. Fil suyaklari maşinaga yuklangan mevalar ostida yaşirib qöyilgani aniqlangan.

Fil suyagi, karkidon şoxi yoki bir paytlar janubiy-şarqiy Osiyo va janubiy Afrikada keng tarqalgan zirhli çumolixörning yöqolib borayotgan turi — pangolin terisidan yasalgan narsalarga ega böliş bir qator Osiyo davlatlari, jumladan, Xitoy, Koreya va Vetnamdagi kibor davralarda nufuz ramzi hisoblanadi.