Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 30 iyunda “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati qurultoyida iştirok etib, unda ma'ruza qilgani haqida avval xabar qilgan edik.
Unda, davlat rahbari, bugungi kunda yoşlarga doir siyosatni tanqidiy ruhda baholab, özining keskin fikrlari bilan örtoqlaşdi, takliflarini ilgari surdi. Yoşlar muammolari vaqti matbuot, teleradiokanallarda yetarliça yoritilmayotganini ta'kidladi.
“Yoşlar hayotining öy-keçinmalari, orzu-niyatlari ularni qiynayotgan eng muhim masalalar, afsuski, radio va televideniye, gazeta va jurnallarda öz ifodasini töliq topolmayapti. Göyoki, hamma narsa joyida, olam guliston. Agar, hammasi joyida bölsa, töğri yöldan adaşgan yoşlar, jinoyatçilik, işsizlik qayerdan paydo bölayapti? Nega, yoşlarga oid siyosatga loqayd munosabatda bölayotgan amaldorlar haqida OAV, avvalo yoşlar matbuoti çurq ham etmaydi.
Mana gazetani öqiyman, hammasi zör, beş yuz foiz. Bitta hokim yoşlar bilan uçraşmayapti. Mana bu bölmayapti, u bölmayapti, degan gap yöq bizda. Hammasi zör, yest qilamiz. Masalan, Kamolot radiosi, Kamolot internet saytini oladigan bölsak, ularda ötkazilgan yuzaki tadbirlar, yengil-yelpi qöşiqlar, özini-özi maqtaş çiroyli qiyofalardan boşqa narsani deyarli körmaymiz. Faqat yengil-yelpi lik-lik qöşiqlardan boşqa heç vaqo yöq. Qançalik oğir bölmasin, hozir şunday”, - dedi Mirziyoyev.
U, şuningdek, öz ma'ruzasida “Yoşlar” teleradiokanali faoliyatiga ham tanqidiy yondaşdi.
“Yoşlar teleradiokanali öz imkoniyatlaridan samarali foydalana olmayapti. Şu munosabat bilan uşbu kanal faoliyatini kuçaytiriş, uning 50 foiz aksiyasini Özbekiston Yoşlar ittifoqiga tegişli bölişi, uning direktori lavozimi taşkilot Markaziy kengaşi tomonidan tasdiqlaş böyiça Boş vazir A.Aripov, Özbekiston MTRK raisi Mirzohidov, adliya vaziri Ikromovga bir oy muddatda tegişli taklif tayyorlaş vazifasi topşiriladi.
“Nega desanglar, “Yoşlar” teleradiokanali deydi, köringlar, yoşlarni hidiyam yöq unda. Quruq safsata! U gaplar bölmaydi! Şuning uçun mening bir taklifim bor, bugun Ozodbekni bekorga taklif qilganim yöq. Ana şu kanalni eng katta rejissyori, boşliği siz bölasiz!
Ozod şouni yiğiştirib qöydinglar, endi boşqaça böladi. Bu oson emas, byurokratiyadan ötib, bunday şaroitlar yaratiş, tarixiy kundir.
Şuning uçun Ozodbek, sizga topşiriq, bu televideniyeni. yoşlarni muammolari, dardi, muvaffaqiyati bilan har kuni bir foyda böladigan qilişimiz kerak.
Aravani birga tortsak, aravaga sizlar boş bölsalaring juda tez aylanadi, byurokratlar boş bölsa, endi aylanmaydi. Tanqid qiliş kerak. Tanqidning tagi natija. Tanqidning ham ma'nosi bor, ma'rifati, ma'naviyati bor. Tanqid foydali bölişi kerak. Ura-ura bölişi kerak emas”,- degan kuyunçaklik bilan Şavkat Mirziyoyev.












