Istanbul prokuraturasi muxolifatçi Fathulloh Gulenning taşkilotiga aloqadorlikda aylangan 105 nafar IT-mutaxassisni hibsga oliş uçun order berdi. Bu haqda Anadolu agentligi prokuraturadagi manbaga asosan xabar tarqatdi.
Ta'kidlanişiça, amaliyot mamlakatning 8 viloyatida ötkazilmoqda, 52 kişi qölga olindi, ular orasida Turkiya ilmiy-texnologik tadqiqot kengaşi xodimlari ham bor. Ularning bari ByLock dasturi foydalanuvçilari hisoblanadi. U, turk hukumati taxminiga köra, FETO a'zolari tomonidan şifrlangan xabarlarni alişişda işlatiladi.
Turkiyada muxolif Xalq-respublika partiyasining yakşanba kuni bölib ötgan köp ming sonli mitingidan söng qölga olingan Gulenning ehtimoliy tarafdorlari soni yanada oşdi. Kuni keça Anqara prokuraturasi hukumat devonining sobiq va amaldagi xodimlaridan 43 nafarini qölga oliş uçun order berdi. Ular ham FETÖga aloqadorlikda ayblanmoqda.












