Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan mamlakatda ayni damda 150 dan ortiq jurnalist hibsda saqlanayotgani haqidagi ma'lumotni rad etdi. Bu haqda "Bi-bi-si" xabar tarqatgan.

"Hibsdagi kişilar jurnalistlar emas. Ularning ba'zilari terrorçilik taşkilotlari bilan hamkorlik qilgan, boşqalari qurolni saqlaşgani uçun hibsga olingan. Yana boşqalar esa vandalizm va bankomatlarni talaşgani tufayli qamoqda", - deya ma'lum qildi u.

Erdöğan hibsga olingan ba'zi şaxslarda, ular jurnalist ekani haqida ma'lumot beruvçi beyjlar bölganini tasdiqladi, biroq ularning rasmiy matbuot-kartalari bölmagan.

"Ularda jurnalistlar beyjlari bor edi, biroq rasmiy matbuot-kartalari bölmagan, bu beyjlar bilan ular özlarini jurnalist, deb e'lon qilişmoqda. Gap, siz aytganingizdek, 170 kişi haqida borayotgani yöq, bu yolğon. Hozirda faqatgina ikki jurnalist hibsda", - deya ma'lum qildi Turkiya prezidenti.

Şu bilan birga, uning ta'kidlaşiça, muxolif jurnalistlar uning uçun haqoratli bölgan juda köplab maqolalarni yozişda davom etmoqda.

"Bi-bi-si"ning ta'kidlaşiça, Turkiyada ötgan yilning iyulidagi muvaffaqiyatsiz davlat töntarişiga urinişdan söng, 160 dan ortiq OAV yopildi, şuningdek, 2,5 mingdan ortiq media xodimlari va jurnalistlar işdan böşatildi, taxminan 150 jurnalist qamoqda.