Turkiya böylab 15 iyul kuni Fathulloh Gulenning (FETÖ) terrorçilik oqimi tomonidan 2016 yilda taşkillaştirilgan harbiy töntarişga urinişning bir yilligiga bağişlangan tadbirlar bölib ötadi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan çaqiriği bilan 15 iyul keçqurun mamlakatning 81 viloyati aholisi “Demokratiya posbonligi”ni amalga oşiradi. Prezident xalqqa çaqiriq bilan çiqiş qiladi, hamda, xuddi bir yil avvalgidek kabi, Turkiyada “Demokratiya posbonligi” boşlanadi. Unga davlat rahbari ham qöşiladi.
"Anadolu" agentligining xabar qilişiça, Demokratiya va milliy birdamlik kuni – 15 iyul doirasidagi tadbirlar Turkiya prezidenti ma'muriyatining rahbarligida boşlandi. 11 iyul kuni fuqarolar harbiy töntarişga uriniş qurbonlari qabrlariga borişgan.
Xotira tadbirlari harbiy töntarişga uriniş davomida asosiy voqealar röy bergan joylarda ham bölib ötadi.
Gap birinçi navbatda Turkiya Buyuk milliy yiğilişi (parlament) binosi, Prezidentlik majmuasi, Anqaradagi Gelboşi tumanidagi maxsus topşiriqli guruhni tayyorlaş Markazi, poytaxtning Qahramonqozon tumani, 15 iyuldagi milliy iroda Maydoni Qiziloy haqida ketmoqda.
Bundan taşqari, röyxatda harbiy töntarişga uriniş yuz bergan tunda prezident Erdöğan borib joylaşgan Marmaris viloyatidagi mehmonxonalardan biri, Turkiya milliy razvedka taşkilotining Yyenimahallada joylaşgan binolari korpusidan biri, “Çanqaya” saroyi, politsiya Boş boşqarmasi, Turkiya QK Boş ştabi binosi, Turkiya jandarmeriyasi Boş boşqarmasi, TRT telekanali va TÜRKSAT sun'iy yöldoş kompaniyasi ham bor.
Istanbulda xotira tadbirlari 15 iyuldagi şahidlar Köpriki, Otaturk xalqaro aeroporti, Qisiqli, Çengel tumanlari, CNN Türk telekanali, Saraçxon tumani, Fotih Sulton Mahmud köprigi, Vatan köçasi, Esenler tumani, Türk Telekom telekanali binosi va Istanbul fond birjasida taşkil etiladi.
12 iyul kuni Buyuk milliy yiğilişda, yirik şaharlarning 30 ta körgazma zali va metro bekatlarida öşa kungi voqealarga bağişlangan fotosuratlar körgazmalari oçiladi. Şu kunning özida Turkiya madaniyati va sportining eng maşhur namoyondalari televideniye hamda ijtimoiy medialar orqali murojaat bilan çiqişadi.
13 iyul kuni Prezidentlik majmuasida harbiy töntarişga uriniş kunida halok bölganlar va yaralanganlarning qarindoşlari bilan maxsus tadbir ötkaziladi.
14 iyul kuni Turkiyaning 81 viloyatidagi masjidlarda halok bölganlar ruhi yodga olinadi.
15 iyul kuni Anqarada inson huquqlari böyiça Forum taşkil etiladi. Harbiy töntarişga uriniş yuz bergan kuni halok bölganlar va yaralanganlar qarindoşlari keçki ovqatda iştirok etadi.
Turkiyaning barça viloyatlarida Milliy birdamlik marşi bölib ötadi.
16 iyul kuni soat 00:13 da butun Turkiya böylab maxsus marosim ötkaziladi, söng “Demokratiya posbonligi” tadbiri boşlanadi.
Istanbulda 15 iyul kungi hodisalarga bağişlangan hujjatli film namoyiş etiladi, söng davlat rahbari fuqarolarga murojaat qiladi. Şuningdek, harbiy töntarişga uriniş çoğida halok bölgan 250 nafar fuqaroning ism-şariflari öqib eşittiriladi. Şahidlar xotirasiga bağişlangan yodgorlik oçiladi.
16 iyul kuni soat 01:00 da hukumat vakillari Buyuk milliy yiğilişda fuqarolar bilan uçraşadi. 02:32 da, parlament binosiga ilk bomba taşlangan payt, yana davlat rahbari çiqiş qiladi.
16 iyul soat 04:50 da namoz öqiladi, söng Prezidentlik majmuasi hududida 15 iyul şahidlari monumenti oçiladi.












