Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev respublika fuqarolari uçun xorijga çiqiş pasportlarini joriy etiş böyiça mutasaddi organlar oldiga aniq va muayyan çoralarni işlab çiqiş vazifasini qöydi.
Prezidentning 2017 yil 11 iyulda qabul qilingan «Migratsion jarayonlar va fuqarolikni rasmiylaştiriş sohasida içki işlar organlari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari haqida»gi Qaroriga muvofiq, Davlat idoralari bir oy muddat içida xorijiy davlatlarga çiqiş pasportini joriy etiş uçun asoslangan takliflarni kiritişi lozim.
Uşbu qarori Prezidentning rasmiy saytida e'lon qilindi.
«Bir oy muddat içida xorijga çiqiş pasportini joriy etişning aniq bosqiçlari, muddatlari, texnik şartlari va moliyaviy xarajatlarini nazarda tutuvçi, asoslangan takliflar kiritilsin», — deyiladi hujjatda.
Qarorga köra, takliflarni işlab çiqiş bilan Vazirlar mahkamasi huzuridagi davlat personallaştiriş markazi, Içki işlar vazirligi, Taşqi işlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va «Davlat belgisi» davlat işlab çiqariş birlaşmasi şuğullanişi belgilab qöyilgan.
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qarorda nazarda tutilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş uçun zarur mablağlarni ajratiş vazifasi yuklatilgan.












