Italiyaning «ilSole24ore» gazetasi «Jahon moliyasi va bozorlari» bölimida 2017 yilning yozida taşrif buyuriş uçun eng jozibador bölgan davlatlar reytingini e'lon qilindi. U gazeta va «lg» xalqaro kompaniyasi ekspertlari tomonidan «Hamyonbop hordiq? Yevro hamon katta öringa ega yetti joy» nomi ostida tayyorlandi.
Tahliliy materialda körsatilişiça, Özbekiston Yevrohududdan sayohat uçun jozibadorlikda beşta asosiy mezon: «ayirboşlaş kursi», «hayot qiymati», «aviaçiptalarga narxlar», «suğurta xatari» va «iqlim» böyiça Xitoy bilan birga, 1- hamda 2-örinlarni bölişib turibdi.
Reytingni tuzişda «BigMac» xalqaro indekslari va «Numbeo» portalining «Jahon davlatlarida xalq iste'moli mollari»ga narxlar bölimidagi ma'lumotlar bazasidan foydalanildi.
«Lg» kompaniyasining bozorlar böyiça tahlilçisi Filipp Diodoviçning fikriça, Özbekiston qulay ayirboşlaş kursi, xalqaro aviaçiptalarga past xarajatlar tufayli yevropaliklarning eng sevimli joyi hisoblanadi.












