Reddit infografika mualliflari hisob-kitobga faqat yirik yölovçi laynerlarini kiritmagan. Unda umumiy maqsadli aviatsiya samolyotlari, biznes-jetlar, kiçik turbovintli va mintaqaviy samolyotlar ham inobatga olingan.
Reytingda 2025-yilda şunçaki yiğilgan emas, aynan buyurtmaçilarga topşirilgan samolyotlar hisoblangan.
Airbus va Boeing örtasida kim oldinda?
Keltirilgan maʼlumotlarga köra, Airbus 793 ta, Boeing esa 600 ta samolyot yetkazib bergan. Şu tariqa, ikki yirik işlab çiqaruvçi örtasida Airbus ustun kelgan.
Biroq mamlakatlar kesimida natija boşqaça. AQŞ körsatkiçiga Boeing bilan birga Cirrus, Textron Aviation, Gulfstream va Piper samolyotlari ham qöşilgan:
- Cirrus - 797 ta;
- Textron Aviation - 639 ta;
- Boeing - 600 ta;
- Piper - 291 ta;
- Gulfstream - 158 ta.
Jami 2485 ta samolyot bilan AQŞ reytingda katta farq bilan birinçi örinni egallagan.
Fransiya ikkinçi, Avstriya uçinçi örinda
Fransiyaga jami 960 ta samolyot töğri kelgan. Bu raqam Airbus’ning 793 ta, Daher’ning 76 ta, Dassault’ning 37 ta, ATR’ning 32 ta va Elixir’ning 22 ta samolyotidan taşkil topgan.
Biroq reytingning muhim uslubiy jihati bor: mualliflar Airbus samolyotlarining barçasini Fransiya hisobiga kiritgan. Aslida kompaniya samolyotlari boşqa mamlakatlarda ham işlab çiqariladi. Şu sababli röyxatni samolyotlar aynan qaysi davlat hududida yiğilganini töliq aks ettiruvçi statistika sifatida qabul qilib bölmaydi.
Uçinçi örinni Diamond Aircraft’ning 235 ta samolyoti bilan Avstriya egallagan. Kompaniya asosan umumiy maqsadli aviatsiya samolyotlari va motoplanerlar işlab çiqaradi.
Braziliya va Italiya ham kuçli beşlikda
Braziliya 233 ta samolyot bilan törtinçi öringa çiqqan. Şundan 78 tasi Embraer’ning tijoriy aviatsiya yönalişiga, 155 tasi esa biznes-jetlar işlab çiqaruvçi Embraer Executive Jets bölinmasiga töğri kelgan.

















