Xitoy HDK kemalari otryadi kelasi hafta Boltiq dengizida “Dengizdagi özaro harakatlar-2017” Rossiya-Xitoy qöşma harbiy-dengiz maşqlarida iştirok etadi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligidan xabar qilindi.
«24-27 iyul kunlari Boltiq dengizi suvlarida Rossiya-Xitoy maşqlarining faol bosqiçi bölib ötadi. Unga önlab kemalar hamda öndan ortiq samolyot va vertolyotlar jalb etiladi», - deya mahkama xabaridan iqtibos keltiradi Interfaks.
Mudofaa vazirligi ma'lumotiga köra, har ikki davlat dengizçilari qayiqlarga qarşi, havo mudofaasi va kemalarga qarşi mudofaa böyiça maşqlarni ötkazadi, şuningdek, qaroqçilar tomonidan şartli ravişda egallab olingan kemani ozod qilib, avariyaviy holatdagi kemaga yordam körsatiş böyiça qidiruv-qutqaruv amaliyotini amalga oşiradi.












