Bloger Isroiljon Tillaboyev blogida «Suvsiz qişloq «Obod» böladimi?» sarlavhali post joylaştirilgan.

Unda Farğona viloyati Özbekiston tumanidagi qişloqlardan biri köp yillardan buyon içimlik suvi bilan ta'minlanmagani, tegişli idoralarga qilingan murojaatlar samarasiz qolayotgani bayon etilgan.

Muammoning muqaddimasi
2016 yil 28 sentabr kuni pm.my.gov.uz Boş vazir elektron qabul portali yangi taşkil etilgan kunlarda Obod (qadimgi nomi «Göşt qişloq») qişloğimizning 3ta muammosiga yordam sörab murojaat qilgan edim. Ular: qişloqqa QVP hamda stadion quriş, şuningdek, asosiy muammo - qişloqqa toza içimlik suvi olib keliş.

Tarixça örnida
Gap şundaki, qişloğimizni içimlik suvi bilan ta'minlaş biz uçun asriy orzu bölib, aholi qöşni qişloqlardan va hovuzlarga töplangan suvlardan içib çanqoğini qondiradi. Bu iş ikki marta davlat miqyosidagi dasturga tuşirilgan bölib, dastlab 2012 yilda «bizning yerimizdan yaxşi suv çiqmaydi», deya qöşni Jonobod qişloğiga quduq kavlaşmoqçi bölişgan, hali quduqdan yaroqli suv çiqmasdan (400 metr, eslab qoling, bunga qaytamiz) quvur yotqizişgan. Lekin u iş oxiriga yetmadi (!).

Oradan ikki yil ötib, qişloqqa yana Davlat dasturi ajratildi. Bu safar qişloğimizning özidan 320 metrli quduq kavlandi. Mana şu vaqtda kelajakka ta'sir qiluvçi xatolar boşlandiki, jabrini şu kungaça tortmoqdamiz: mahalla ahli quduq kavlanayotgan vaqtda tuman «Suvoqava» rahbari bilan oğzaki (afsuski, heç qanday yozma emas) kelişgan va 2 yil oldin qöşni qişloqqa biz uçun yotqizilib bekor turgan 400 metr quvurni kavlab, qişloq içki tarmoğiga ulagan. Bu bilan kavlanayotgan yangi suvga tayyor bölib turgan. Afsuski, ming afsuski, xalq kutgan suv içişga umuman yaroqsiz, şör suv bölib çiqdi. Davlat dasturi  ikkinçi bora zoye ketdi…

1. Imkon izlab
Suvimiz muammosi haqida yozgan iltimosim böyiça 10 kun içida Farğona viloyati «Suvoqava» DAK xodimlari yetib kelişdi. Qişloq şaroitini taniştirib, mavjud holatni tuşuntirdik:

«Suvoqava»

xodimlari içişga yaroqsiz suv çiqqan 140 mln sömlik quduğimizda

Mas'ullar tuman hokimligida maslahatlaşib, yana öşa qöşni Jonobod qişloğidan içişga yaroqli tayyor quduqni bizga berib, qişloq orasiga suv quvuri yotqizib, bizning içki tarmoğimizga ulab berişga kelişişdi.

Voqealar rivojlanib ketdi. Butun qişloq kelgusi yilda amalga oşadi, deya intiqib kutayotgan Dastur yangi yil kirmasdanoq işga tuşirildi. Dekabrning oxirida qişoğimiz suvini qöşni qişloq quduğiga ulaş uçun 800 metr quvur olib mutaxassislar keldi. Haş-paş degunça yer kavlab, quvur yotqizişni boşlab yuborişdi. 

Afsuski, muammo çiqdi. Gap şundaki, yuqorida aytib ötganimdek, bizning aholi şu qişloq uçun berilgan 400 metr quvurni yozma ruxsat olmasdan kavlagani va bu quvur suv xaritasida haliyam joyida turgani ayon böldi. Mojaro boşlandi, men goh «Suvoqava»ga oğzaki va yozma murojaat bilan yuguraman, goh qişloq kattalariga. Har qaysisi özidan soqit qilib, aybni bir-biriga tönkayverdi. Hamqişloqlarimga oğzaki ruxsat bergan boşliq allaqaçon pattasini qölga olib işdan böşab ketgan, yangi rahbar esa ayb özlaringda, deya turib olgan… Qarang, emişki, butun boşli mahallani 1 hafta kavlab 400 metr quvurni olişsayu, bundan taşkilot yoki şu mahallada yaşaydigan işçisining xabari bölmasa (garçi oğzaki buyruq berilgan va buni tan olmayotgan bölsa ham faraz qilyapmiz). 

Xullas, şu yösinda möljallangan dasturni yakunlaşga 400 metr qolganda iş töxtadi. Yana pul yiğaylik, desak, avvalgi dasturlarda ham har xil yiğinlardan zada bölgan aholi istamadi.

Mana bunday muroja

a

tlarimga esa bir xil qolipdagi şablon javoblarni berişdan çarçaşmadi…

2. Farğona, göyoki, muammoni hal qildi
Yana quyidan iş çiqmagaç, umid bilan Farğona viloyati hokimi virtual portaliga yuqoridagi mazmunda yozdim. Xodim keldi va yana bor aybni (quvurni özboşimçalik ila kavlab olganlikda ayblab) mahallaga ağdarişdi. «Xöp, şu quvurni mahalla özi pul yiğib, qişloq tarmoğiga ulab oladi», dedim. Viloyatdan kelgan vakil rozi böldi, tumandagi rahbarga şu haqda buyruq berdi. Tuman «Suvoqava» rahbari va'dani quyuq berib, mendan şu haqda rozilik xatini olib ketdilar. Voqealar mart oyida bölmoqda.

3. Iloji yöq va yana iloji yöq
Ölmagan qul, yozga çiqib oldik - suvni ulab berişlaridan darak yöq. Şunça kutganimizda ham ulab bermagaç, iyunning dastlabki kunlarida tuman markazidagi Xalq qabulxonasiga kirib ariza yozdim.

Bu safargi arizamni şunday yozgandimki, uzoq vaqt böyin tovlab, aybni xalqqa ağdarib osongina qutulib yurganlarning vaji ötmas edi. Endiyam Xalq qabulxonasidan hayiqib (Prezident portaliga 2ta, viloyat hokimiga ham bir murojaatim böldi, axir) ulab berişiga işondim. Bir hafta ötgaç yana eski tanişlar taşrifi. Bu safar tuman «Suvoqava» idorasining işlari ğirt loyqa ekanligiga işonç hosil qildim: bir varaq xarajat qoğoz tutqazişdi, «nima ekan?», deb öqisam, bizga ulamoqçi bölgan quduqqa motor va kerakli aşyolar oliş uçun 18 million söm pul kerak emiş! Fiğonim falakka çiqdi, tarvuzim qöltiğimdan tuşdi. Röparamda öz işiga mas'uliyatsiz qarovçi tipik vakillar turgan edi! Bular hukumatimiz «Aholingda qanday kamçilik bor?», desa ham eplab hisoblab söraşni ham bilmaydigan davlat işçilari edi.

Bergan birinçi savolim şunday böldi: «Axir, nega yuqoridan örgangani kelganda va nima kerakligi söralganda, şu dardlaring bor ekan, quvurga qöşib şunça pullik motor va kabellar ham kerak, demadilaring?! Biz özlari bilib töliq jönatişar, deb öylabmiz. Sizlar öz tumaningizdagi qişloqning nima kamçiligi borligini bilmasalaring, yuqordagilar bilsinmi? Qattiq tortişib tuşuntiriş xati ololmagaç qaytib ketişdi. Qoidaga köra mening murojaatimga 15 kunda javob berişlari darkor edi. Berişmadi. Xalq qabulxonasiga borsam, u taşkilot tuman hokimiyatiga yana 15 kun arizamni örganişga muhlat çözdiribdi. Ha, mayli, demak çora izlayapti şekilli, deya yana 15 kun kutdim. Jami bir oy deganda menga javob berişdi. Javobini körgaç, «hayf, sizlardek qoğozbozlarga», devordim! Çunki işonasizmi, ariza muddatini çözdirib qutulgan idora bir oy oldin menga qanday javob bergan bölsa, xuddi öşa javob xatini qayta yuborişgan edi, «18 million, motor, kabel, xarajat, ilojimiz yöq...» va hokazo.

Kunda TV orqali uşbu yil fuqarolar murojaatlari bekamu-köst bajarilayotgani haqidagi xabarlarni körib  özimning holimga açinaman, salkam bir yil bölmoqdaki, davlat tomonidan bizning qişloqqa körsatilayotgan ğamxörlikni tumanimizdagi öz işini bilmay yurgan quyi rahbarlar röyobga çiqarmayapti. Uşbu taşkilot bilan köp muomala qilib, şunga amin böldimki, bu «Suvoqava»da, yotib qolgunça otib qol, deb fikrlovçi, sizning taşvişingiz zarraça qiziqtirmaydigan rahbarlar köp ekan. Va bir boşliq işdan ketgan bölsa, ikkinçisi aybni öşanga ağdarib turaverarkan. Biror dastur sörasa, oldindan rejasiz, yuzaki hisobot berib yuborgani, mavjud holatni bilmagani tufayli ularning jabrini bizning qişloq tortmoqda. Axir, qaysi aql bilan motorsiz quduqni yurgizişga, eng avvalo, motor emas, quvur söraydi? Bizning qişloqqa 2012 yilda berilgan motorni allakimlarga berib yuborib, yana «motor yöq», deyişi sirli va şubhali…

4. Suv bilan obod uying
Hayot davom etmoqda, qişloğimiz öquvçilari suvsiz matabda çanqasalar, maktab yonidagi uylarga kirib, 3-4 km joydan zörğa olib keladigan suvidan içib, çanqoğini bosib, çiqib ketmoqda, kelinlar, ayollar hamda bolalar aravalarda bidonlarni yuklab, qöşni qişloqdan kundalik suvini taşimoqda. Işlari köpayib, borolmay qolsa, mahalla hovuzidagi suvdan olib ovqat va çoyini qilib kun ötkazmoqda, töğri-da, Ğafur Ğulom aytganidek , ana ariq töla suv, «yoş bolalar»ga bölaveradi… bilmadim, obod qişloq qaçon suv bilan obod bölarkan…

Uzun umidlar
Kuni keça Möynoqqa 101 kilometrdan suv olib kelinganini televizorda körib közlarimga yoş keldi, bizning muammo esa atigi 400 metr  edi... Umid sönmaydi.