Yaponiya 2011 yilda yuz bergan zilzila va Fukusimadagi yadro falokatidan söng yadro energetikasiga elektr quvvatini işlab çiqarişdagi asosiy manba sifatida qaraşini özgartirdi. Muqobil variantlarni izlaşdagi yöllardan biri – quvvat oliş uçun qayta tiklanuvçi manbalardan foydalanadigan köplab qurilmalarning paydo bölişidir.

Inson uçun katta xatarga ega bölmagani sabab, quyoş panellarini turar-joy binolari va guruç maydonlariga yaqin yerda örnatiş mumkin. Bundan taşqari, uning ança kiçik hajmlari noodatiy şakllarni yaratişda ham qöl keladi. Ular, ayniqsa, balandlikdan ajoyib körinişga ega.

Fotosuratçi Jyeymi Stillings özining «Özgarayotgan istiqbollar: Yaponiya» loyihasi uçun havodan eski golf maydonçalari, konlar, töğonlar, sun'iy orollar va suv omborlaridagi platformalarda örnatilgan önlab quyoşli batareyalarga ega qurilmalarni tasvirga tuşirdi. Suratlar yakunda bir vaqtning özi Hyuston va Nyu-Yorkda oçilgan şaxsiy körgazmalarga aylandi.