Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 17 iyul kuni Özbekiston Respublikasi parvozlarning xavfsizligini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi qarorni imzoladi.
Hujjatda ta'kidlanişida, parvozlar xavfsizligining nazorat qiliş davlat inspeksiyasining hozirgi taşkiliy tuzilmasi va ştat birligi aviatsiya xodimlarini litsenziyalaş va ekspluatatsiya inspeksiyalarini ötkaziş böyiça alohida funksiyalarni töla hajmda bajariş imkonini bermayapti.
Qaror bilan Özbekiston Respublikasi parvozlarning xavfsizligini nazorat qiliş davlat inspeksiyasining yangi vazifalari belgilandi:
- fuqarolik va tajribaviy aviatsiya faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oşiriş;
- Özbekiston Respublikasi havo hududidan uning foydalanuvçilari xavfsiz foydalanişini ta'minlaş;
- fuqarolik aviatsiyasi va uning Özbekiston Respublikasidagi obektlarining xavfsiz işlaşini ta'minlaş;
- fuqarolik aviatsiyasi faoliyatining parvozlar xavfsizligini ta'minlaş böyiça sertifikatsiya işlarini taşkil etiş va ta'minlaş;
- havo taşuvlari bilan boğliq bölgan aeroportlarda havo kemalariga xizmat körsatiş böyiça faoliyatni litsenziyalaşni taşkil etiş;
- fuqarolik va tajribaviy aviatsiya faoliyati sohasida davlat nazoratini amalga oşiriş, aviatsiya hodisalari hamda fuqarolik va tajribaviy havo kemalari bilan holatlarni suriştiruvdan ötkaziş;
- Özbekiston fuqarolik aviatsiyasi manfaatlarini xalqaro taşkilotlarda taqdim etiş.
Şuningdek, Davavianazorat tuzilmasida yangi bölimlar paydo böladi. Ular:
- uçuvçisiz uçar qurilmalardan foydalanişni hisobga oliş va nazorat qiliş bölimi, 3 ştat birligida;
- xorijiy ekspluatantlarning ekspluatatsiya inspeksiyasi bölimi, 3 ştat birligida.
Bundan taşqari, endilikda Davavianazorat boşliği maqom böyiça vazirning birinçi örinbosariga tenglaştiriladi.
Prezident fuqarolik aviatsiyasi ustidan nazoratni kuçaytiriş haqida qaror imzoladi












