Fransiyaning Natixis moliya korporatsiyasining Global Retirement Index reytingida pensiyaga çiqqan kişilar uçun jahondagi eng qulay bölgan davlatlar nomi keltirildi. Indeks röyxatidan 43 mamlakat örin olgan.
Reytingni tuzişda pensiyaga çiqiş qulayligi tört omil asosida baholandi: moliyaviy ahvol, moddiy ta'minlanganlik, hayot sifati va soğliq. Har bir omil 0 dan 100 foizgaça darajada baholandi.
Röyxatning birinçi örnidan Norvegiya joy oldi – 86 foiz. Şveytsariya (84%) va Islandiya (82%) mos ravişda ikkinçi hamda uçinçi örinlarni egallaşgan bölsa, Şvetsiya (80%) va Yangi Zelandiya (80%) ilk beşlikka yakun yasab berdi.
Şuningdek, top-10likdan Avstraliya (78%), Germaniya (77%), Daniya (77%), Niderlandiya (77%) va Lyuksemburg (76%) joy oldi. Şu bilan birga, sönggi örinlarni Braziliya (41%), Gretsiya (40%) hamda Hindiston (12%) egallaşdi.












