Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi tugaguniga qadar rossiyalik sportçilar Finlandiya va Norvegiya hududida ötkaziladigan musobaqalarda iştirok eta olmaydi. 12-noyabr, payşanba kuni har ikki davlat hukumati Rossiya sportçilariga viza berişni taqiqlaşga qaratilgan çoralar haqida eʼlon qildi.

Xususan, Finlandiya hukumati Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirişi «Finlyandiyaning xalqaro aloqalari uçun tahdid» tuğdirişini qayd etuvçi qaror qabul qildi. Bu haqda hukumat matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi çeklovlar qisqa muddatli mehnat faoliyati, jumladan, professional sport sohasida işlaş uçun viza söragan şaxslarga taalluqli bölişi aniqlaştirildi.

16-noyabrdan boşlab Finlandiya hukumati viza arizalarini körib çiqiş, şuningdek, mamlakatga kiriş va qisqa muddat böliş şartlarini baholaşda mazkur qarorni inobatga oladi.

Rossiya sportçilariga Ukrainadagi uruş sababli viza çeklovlari

«Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzkor uruşi davom etayotgan bir paytda rossiyalik sportçilarning Finlandiyada qiladigan işi yöq, - dedi mamlakat taşqi işlar vaziri Elina Valtonen. - Ularning mamlakatga kirişi Finlandiyaning xalqaro aloqalariga tahdid soladi. Xuddi şu holat Finlandiyaning milliy manfaatlari uçun muhim ahamiyatga ega bölmagan, viza asosida amalga oşiriladigan boşqa qisqa muddatli mehnat faoliyati turlariga ham taalluqli».

Qayd etilişiça, Şengen hududidagi boşqa davlat tomonidan berilgan viza bilan Finlandiyaga kirmoqçi bölgan rossiyaliklarga ham mamlakatga kiriş rad etilişi mumkin.

Hukumat matbuot xabarida taʼkidlanişiça, çeklovlar neytral maqomda musobaqalarda qatnaşmoqçi bölgan rossiyalik sportçilarga ham tatbiq etiladi.

«Rossiya sportdan tarğibot maqsadlarida foydalanmoqda va sport orqali özining noqonuniy tajovuzkor uruşi maqsadlarini ilgari surişga intilmoqda», - deyiladi Finlandiya hukumati bayonotida.

Norvegiya: Rossiyada professional sport hukumat bilan çambarças boğliq

Öşa kuni, 12-noyabrda Norvegiya ham şunga öxşaş çoralar joriy etilişini eʼlon qildi.

«Norvegiyada Rossiya va Belarus fuqarolariga viza beriş hamda mamlakatga kiriş böyiça allaqaçon qatʼiy qoidalar mavjud. Biroq xalqaro sport taşkilotlari tomonidan joriy etilgan yengilliklar professional sportçilar va ularga hamrohlik qiluvçi şaxslarga musobaqalarda iştirok etiş uçun Norvegiyaga keliş imkonini bermoqda. Hukumat Ukrainadagi uruş davom etayotgan bir paytda uşbu mamlakatlardan keladigan professional sportçilar va ularning hamrohlari Norvegiyaga kirişining oldini olişni istaydi», - deyiladi Norvegiya hukumati bayonotida.