Rossiyaning Penza şahridan Soçiga parvoz qilayotgan An-148 yölovçi samolyoti quşlar galasi bilan töqnaşib ketgaç, Saratov aerodromiga favqulodda qönişga majbur böldi. Bu haqda «Interfaks» aviadispetçerlik xizmatlaridagi manbaga asosan xabar tarqatdi.

«An-148 yölovçi samolyoti qömondoni parvozga kötariliş çoğida quşlar bilan töqnaşib ketganini xabar berdi, keyinçalik dvigatellardan biri işdan çiqqan. Havo kemasi Saratovdagi zaxira aerodromiga favqulodda qönişni amalga oşiriş uçun darhol yöl olgan», - dedi u.

Uçuvçilar bitta dvigatelda işlayotgan samolyotni muvaffaqiyatli qöndirişdi. Samolyotdagi 80 ga yaqin yölovçi evakuatsiya qilindi.

Samolyot dvigatelini közdan keçiriş çoğida, quşlar bilan töqnaşuvdan söng u işdan çiqqani ma'lum böldi.

Yölovçilar zaxiradagi bort orqali parvozni davom ettirişdi.