Sönggi vaqtlarda Özbekistonda firibgarlik bilan boğliq jinoyatlar soni oşib bormoqda. Toşkent viloyati IIBda bölib ötgan matbuot brifingida ham şu haqda söz bordi. IIB matbuot xizmati mazkur viloyat kesimida röyxatga olingan ayrim firibgarlik körinişlarini oşkor qildi. 

Joriy yil 21 yanvardan 14 mart kuniga qadar bölgan vaqt oraliğida Namangan viloyatida yaşovçi, vaqtinça işsiz I.M. Bekobod şahrida yaşovçi nafaqaxör G.I.ni işonçini suiiste'mol qilib «Angren ş, 5/1b-dahasi, 36A-uy, 5-xonadonni rasmiylaştirib beraman» - deb aldab, 2 ming 300 AQŞ dollarini olib, şu kungaça qaytarib bermagan. 

2016 yil 31 may kuni Bekobod şaharçasida vaqtinça işsiz D.X. vaqtinça işsiz A.D.ni işonçini suiiste'mol qilib, «bank plastik kartoçkasidagi 3 mln 300 ming söm pulni naqlaştirib beraman» - deb yolğon va'da berib, A.D.dan hisobida 3 mln 300 ming söm puli bölgan plastik kartoçkasini olib, qaytarib bermagan. 

Yangiyöl tumanida 2016 yil 15 may kuni vaqtinça işsiz M.M., A.I. va O‘.E.larning işonçini suiiste'mol qilib, «12 boş qora mollarini sotib, pullarni 12 oy muddatda ustama foizlari bilan qaytarib beraman» - deb, A.I. va O‘.E.larga 62 mln sömni bermagan. 

Joriy yil aprel oyida Böstonliq tumanida Qaşqadaryo viloyatida yaşovçi vaqtinça işsiz A.M. aldaş yöli bilan Böstonliq tumanida yaşovçi A.A.ning işonçiga kirib, tovuq boqiş uçun möljallangan sexiga havo aylanişi uçun «quvur örnatib beraman» - degan vaj bilan 9 mln söm pulini olib qaytarmagan, işni ham bajarmagan. 

2017 yil may oyida Böka tumanida doimiy röyxatda turib, hozirda Olmaliq şahrida yaşovçi uy bekasi F.T. firibgarlik yöli bilan 1972 yilda tuğilgan N.A.ning işonçiga kirib, «uy olib beraman» - deb aldagan va N.A.dan 22 mln 300 ming söm pulini olib, öz ehtiyojiga işlatib yuborgan. 

Surxondaryo viloyatida yaşovçi X.A. 2017 yil 15 aprel kuni Yuqoriçirçiq tumanida yaşovçi uy bekasi Z.M.ni işonçini suiiste'mol qilib, «uyingizni ta'mirlaşga zarur bölgan taxta keltiraman» - deb aldab, undan 4 mln söm pulini olib, şu kunga qadar qaytarib bermagan. 

Angrenlik Q.E. 2015 yil iyul oyida firibgarlik yöli bilan M.M.ni «Angren ş., 5/5-daxasi, 44-uy, 11-xonadonni nomingga rasmiylaştirib beraman» - deb aldab, M.M.dan 1 ming 750 AQŞ dollarini olgan va şu kungaça qaytarib bermagan.