Yevropa komissiyasi rahbari Jan-Klod Yunker AQŞ Rossiyaga nisbatan YeI e'tirozlarini hisobga olmasdan sanksiyalar joriy qilgudek bölsa, javob çoralarini qöllaş masalasini imkon qadar tezroq muhokama qilişga çaqirdi. Bu haqda Financial Times gazetasi 26 iyul kuni bölib ötadigan YeK majlisi uçun tayyorlangan hujjatga asoslangan holda yozmoqda. 

Unda aytilişiça, AQŞning Rossiyaga qöllaydigan yangi sanksiyasiga qarşi bir neça usullar bor. Xususan, AQŞ prezidenti Donald Trampdan sanksiyalar YeI manfatlariga zarar yetkazmasligi xususida işontira oliş. Yana bir usul Vaşington qöllayotgan çoralarning YeI hududida tan olinmasligidir. 

Ta'kidlanişiça, Yunker YeI hukumatlarining Yevropa energetika va boşqa kompaniyalari Amerika yangi sanksiyalari doirasiga kirsa, bunga qarşi çoralarni tezroq muhokama qilişga çaqirmoqda. 

Avvalroq, YeI AQŞni Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar oqibatlaridan ogohlantirgan edi.