Oq uyning katta maslahatçisi va AQŞ prezidentining kuyovi Jared Kuşnerning senatda çiqiş qiliş uçun tayyorlangan nuqtida ma'lum qilişiça, Rossiya vakillari bilan Donald Trampning prezidentlik kampaniyasi va ğalabasidan söng tört bora aloqada bölgan. Bu haqda Bloomberg xabar qilmoqda.

«Menda heç qanday yaşirin kelişuv bölmagan, men kampaniyada qandaydir xorijiy hukumat bilan til biriktirgan kişini ham tanimasdim», - deya ta'kidlab ötdi u.

Bundan taşqari, uning ma'lum qilişiça, xususiy sektordagi öz biznesini moliyalaştirişda Rossiyadan ehtimoliy kelişi mumkin bölgan mablağlardan foydalanmagan.