Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Rossiya tomonidan S-400 zenit-raketa majmualarini yetkazib beriş böyiça hujjatlar imzolanganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Biz Rossiya bilan kerakli qadamlarni qöydik, imzolar çekildi, biz öz davlatimizda S-400larni köramiz. Hamda ularni birgalikda işlab çiqariş bilan şuğullanamiz», - dedi u.
Erdöğan uşbu bayonot bilan Turkiyadagi hukmron partiyaning parlamentdagi fraksiyasi yiğilişida çiqiş qilgan. U imzolar qaçon qöyilgani va aynan qanday hujjatlar imzolanganiga aniqlik kiritmadi.
Avvalroq Rajab Toyyib Erdöğan AQŞ Turkiya tomondan Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualari sotib olinişi mumkinligidan xavotirlanayotganiga izoh berdi.












