Rossiya taşqi işlar vazirligi Moskva Afğonistondagi “Tolibon” radikal harakatiga qurol-yaroğ yetkazib berayotgani haqida ayblovlarni asossiz, deb atadi. Bu haqda Rossiya TIV saytida aytiladi.
Avvalroq CNN telekanali syujyetlaridan birida Rossiya toliblarga Eron hamda Tojikiston orqali qurol-yaroğ yetkazib berayotgani haqidagi bayonot bilan çiqqandi.
“Eski öqotar qurol körsatilgan videomateriallarni jiddiylik bilan qabul qiliş muşkul, ularning qayerdan kelib çiqqanini ham aniqlab bölmaydi. Unda işlab çiqaruvçi nomi yöq, seriyali raqamlar öçirib taşlangan. Bundan taşqari, körsatilgan qurollar – namunali. Ma'lumki, bundaylar faqatgina Rossiyada emas, balki boşqa davlatlar, jumladan, Şarqiy Yevropada ham işlab çiqarilgan bölib, aynan öşa yerdan 2000-yillarning boşida amerikaliklar ularni Afğonistonga ommaviy ravişda olib kirişgan”, - deyiladi bayonotda.
Şu bilan birga, vazirlikdan eslatişlariça, yaqinda toliblar Hilmond viloyatida afğon milliy xavfsizlik kuçlariga hujum qilib, bunda Amerikaning Humvee zirhli maşinalaridan foydalanişgan.
“Si-en-en” mantiğiga köra, bu ma'lumot asosida qanday xulosa çiqariş mumkin”, - deya qöşimça qilib ötişdi TIVdan.
Bundan taşqari, taşqi siyosat idorasi ğarb va Afğonistondagi qator OAVning Rossiya “Tolibon” jangarilarini qöllab-quvvatlayotgani yuzasidan ayblovlarini ham asossiz, degan.











