26 iyul kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Rossiya Federatsiyasiga işlaş uçun jönab ketayotgan bir guruh Özbekiston fuqarolari iştirokida anjuman taşkil etildi. Anjumanda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Aziz Abduhakimov mehnat muhojirlari bilan uçraşib, ularga yöl-yöriqlar körsatib, kerakli maslahatlarni aytib ötdi. Bu haqda tadbirda iştirok etgan Kun.uz muxbiri xabar beradi. 

Tadbirda, şuningdek, Rossiyaning Özbekistondagi elçixonasi vakillari, Taşqi işlar vazirligi xodimlari hamda jurnalistlar iştirok etişdi. 

Özbekiston va Rossiya örtasida imzolangan bitimga muvofiq, Rossiyada mehnat qilayotgan va mehnat qiliş istagida bölgan fuqarolarning huquqlari, qonuniy manfaatlari himoyalanadi. Iş beruvçining migrantlarni taşkiliy jalb etiş va işga qabul qilişda iştirok etişining majburiy şartlari quyidagilar: 

  • zaruriy sanitariya-gigiyena va boşqa me'yorlarga muvofiq yaşaş joylari;
  • mehnatning  xavfsiz şartlari;
  • iş joylarida texnika xavfsizligini ta'minlaş;
  • mehnatni qöriqlaş;
  • Rossiya Federatsiya qonun hujjatlarida belgilangan eng kam darajadan kam bölmagan kafolatlangan mehnat haqi beriş.

Ayni damda Taşqi migratsiya, rekrutsiya faoliyati töğrisida yangi qonun loyihalari yaratilmoqda. Aholiga qulaylik yaratiş maqsadida Agentlikning filiallari Özbekistonning barça viloyatlarida oçilişi maqsad qilingan. Şuningdek, Rossiyaning 8 ta şahrida, özbekistonlik mehnat muhojirlari köpçilikni taşkil etadigan Qozoğiston, Koreya, Yaponiya, Polşada ham vakolatxonalar oçiş közda tutilgan. 

Özbekiston va Rossiya örtasida imzolangan bitim mexnat migratsiyasi jarayonlarini qonuniy oqimga soliş imkonini beradi, mehnatkaş işçilarning özga yurtda huquq va erkinliklarini himoya qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini kafolatlaydi. Bundan taşqari, odam savdosiga sabab böluvçi noqonuniy migratsiyaning oldini olişga yordam beradi. 

Bugungi tadbir yakunida mehnat migrantlariga vazirlik tomonidan sertifikatlar topşirildi.