London yuqori sudi Rossiyaning Ukrainadan 325 million dollarni 3 mlrd dollarlik da'vo böyiça ta'minlaş sifatida darhol undirib oliş töğrisidagi murojaatiga rad javobini beriş haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Ukraina moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Sud Ukrainaning pozitsiyasini qabul qildi va Ukrainaning apellyatsiya şikoyati körib çiqilgunga qadar sud qarori ijrosini töxtatib turiş haqida qaror qabul qildi. Şuningdek, sud işonçli vakilning xarajatlarni ta'minlaş böyiça murojaatiga rad javobini berdi va Ukrainaning, işonçli vakilning sud jarayoni uçun xarajatlarini qoplaş sud tomonidan jiddiy örganib çiqilişi kerakligi haqidagi pozitsiyasiga qöşildi. Bu holat Ukrainaning appelyatsiya şikoyati körib çiqilmagunça yuz bermaydi», - deya aniqlik kiritişgan matbuot xizmatidan.
Eslatib ötamiz, Ukraina moliya vazirligi iyun oyi oxirida London Yuqori sudining Rossiya oldidagi 3 mlrd dollarlik qarz böyiça qaroriga apellyatsiya berdi.












