Nigeriya ta'lim vazirligining doimiy kotibi Adamu Husayni mamlakatdagi maktabga qatnaş bilan boğliq muammolar haqida xabar berdi.

«Dunyoda qariyb 20 mln bolalar maktabga bormaydi. Ulardan 10,5 millioni – nigeriyalik bolalar, ya'ni, jahondagi maktab ta'limini olmayotgan bolalarning yarmi bizning davlatda yaşaydi», - deya aytib ötdi Husayni Kano ştatida bölib ötayotgan ta'lim böyiça 62-Milliy kengaşning oçiliş marosimida.

Husayni ta'lim sohasidagi vaziyatdan taşvişda ekanini bildirdi. Uning sözlariga köra, maktabga bormaydigan bolalarning asosiy qismi «Fulani» köçmançi qabiladagi oilalarda yaşaydi, ularning vakillari çorvaçilik, baliqçilik bilan şuğullanadi hamda fermerlik xöjaliklariga ega.

Husaynining aytişiça, öquv muassasalaridagi davomatning pastligiga qaşşoqlik va mintaqadagi ixtiloflar tufayli oilalarning tez-tez köçişi sabab.

Nigeriya aholisi soni 200 million kişi atrofida. Qaşşoqlik va «Boko Harom» radikal guruhining doimiy hujumlari mamlakatdagi ta'lim darajasiga salbiy ta'sir körsatadi.