McLaren kompaniyasi va uning poyga bölimi sobiq rahbari Ron Dennis firmadan tarixiy Formula-1 maşinalari töplamini olib qöyişi mumkin. Autosport portalining yozişiça, «Maklaren» Dennisga sotilgan aksiyalar uçun 50 mln dollar tölaşi kerak. Aks holda, u asariyati jahon çempionatlarida ğolib bölgan 13 ta avtomobilga ega çiqadi. 

Dennisning kompaniya va uning poyga bölimi rahbarligidan ketişi iyun oyida ma'lum bölgan edi. U McLaren Technology Group va McLaren Automotive aksiyalarini sotişga qaror qilgan edi. Keyinroq aniq bölişiça, Dennis va boşqa aksiyadorlar örtasidagi kelişuvga muvofiq, agar firma unga pul tölamasaa, maşinalarni berişga majbur böladi. 

Turli manbalarga köra, «Maklaren» belgilangan mablağni tölaş niyatida. 

Motorsport portaliga köra, poyga maşinalari töplamida MP4-1 (jamoaning 1981 yilgi mavsum uçun karbondan foydalanib yasagan ilk maşinasi), şuningdek, Nik Laud (1984 yil), Alen Prost (1989), Ayrton Senna (1990 va 1991 yy.), Mik Xakkinen (1998 va 1999 yy) va Lyuis Hemilton (2008) boşqargan maşinalar bor. Bundan taşqari, töplamga 1988 yildagi MP4/4-1, Sennaning 1993 yilgi sönggi avtomobili hamda Lamborghini motori örnatilgan MP4/8 prototipi mavjud.