McLaren jamoasi Singapur Gran-prisi yakuniga köra, qatorasiga ikkinçi marta va umumiy hisobda öninçi marta Formula-1 konstruktorlar kubogini qölga kiritdi.
Şahar trassasida ötkazilgan poyga ğolibi britaniyalik Jorj Rassell («Mercedes») böldi, ikkinçi örinni niderlandiyalik Maks Ferstappen («Red Bull»), uçinçi örinni britaniyalik Lando Norris («McLaren») egalladi.
McLaren kubokda muddatidan oldin ğalaba qozoniş uçun öz poygaçilari Norris yoki Oskar Piastridan biri şohsupadan joy olişi kerak edi.
Ötgan yili McLaren faqat yakuniy poygada Konstruktorlar kubogini (1998 yildan beri birinçi marta) qölga kiritdi va Norrisning ğalabasi evaziga Ferrari jamoasini 14 oçkoga ortda qoldirdi.
Mavsum yakuniga qadar yana oltita poyga qoldi. Şu tariqa, McLaren mavsumdagi eng tez ğalaba böyiça 2023 yilgi Red Bull rekordini takrorladi.








