AQŞda hanuzgaça Rossiyani AQŞdagi saylov jarayoniga aralaşuvi va buni 2016 yilgi AQŞ prezidenti saylovi natijalariga ta'sir qilgani böyiça ayblaş kampaniyasi tin olmayapti. Şu bilan birga Rossiyani bunda aybdorligining heç qanday isbotlari keltirmayapti. Şu sababli savol tuğiladi: nahotki AQŞ maxsus xizmatlari bunday işni rus xakerlari eplay oladilar, deb öylasalar?
Buni esa 1993 yildan an'anaviy ravişda Las-Vegasda ötkazib kelinuvçi DEFCON xakerlik anjumani iştirokçilari rad etdilar. Ularga AQŞda saylovçilarning ovozini hisoblaş uçun qöllanadigan maşinani buzib kiriş uçun yarim soatdan kamroq vaqt talab etildi.
Bundan taşqari, anjuman iştirokçilari davlat tomondan ötkaziluvçi auksionlar va eBay’da sotib olingan Diebolds, Sequoia, WinVote kompaniyalari qurilmalarida mavjud zaifliklarni namoyiş qilişgan.
Ular oçiq portlar hamda himoyalanmagan Wi-Fi ulanişdan foydalanib, tizimga virusni kiritişga muvaffaq bölişgan. Köplab qurilmalarda esa eskirgan dasturlar örnatilgan bölgan. OpenSSL kiptografik kutubxonasining versiyalari ham hujumlarga moyil bölgani aniqlangan.
Misol uçun, anjuman iştirokçisi Karsten Şurmann Windows XP operatsion tizimidagi zaif joydan foydalanib, WinVote qurilmasiga masofadan turib kira olgan. OpenSSL’dagi CVE-2011-4109’ga ham muammolarsiz kira olingan. Körinib turganidek, bunga afsonaviy rus xakerlari aralaşişi ham kerak bölmagan.












