Kampaniya shtabi vakili Tim Mertouning ma'lum qilishicha, sayt hujum oqibatida bir muddatga ishlamay qolgan, biroq ayni vaqtda uning ishi tiklangan. Xakerlar hech qanday maxfiy ma'lumotni qo‘lga kirita olishmagan, chunki bunday axborot saytda saqlanmaydi.

Huquq-tartibot idoralari hujum manbasini aniqlashga kirishgan.

22 oktyabrda niderlandiyalik xaker Viktor Gevers Trampning Twitter’dagi akkauntini buzib kira olgani ma'lum qilingan. Xaker AQSh prezidentining shaxsiy xabarlarini o‘qish, uning nomidan xabarlar qoldirish va shaxsiy ma'lumotlarni o‘zgartirish imkonini qo‘lga kiritgan. U buning isboti sifatida OAVga ekran skrinshotlarini taqdim etgan.