O‘zbekiston | 17:35 / 26.10.2020
9872
1 daqiqa o‘qiladi

Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi saytiga xakerlar hujum qildi

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining rasmiy saytiga noma'lum xakerlar tomonidan hujum qilindi.

Hujum natijasida saytda «Hacked by yaxshi amaki» sarlavhali xabar qoldirilgan, xabarning ichida esa sayt axborot xavfsizligi tekshirilgani ma'lum qilingan hamda telegram manzil qoldirilgan.

«Saytni axborot xavfsizligi shu soha bo‘yicha ishga kira olmagan yaxshi bir amaki tomonidan tekshiruvdan o‘tkazildi», – deyiladi hujum natijasida qoldirilgan xabarda.

Bu xabar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lib, aylana boshlaganiga bir necha soat bo‘lgan bo‘lsada, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bu holatni to‘g‘rilay olmadi va rasmiy munosabat ham bildirmadi.

Mavzuga oid