Islom hamkorligi taşkiloti (IHT) boş kotibi Yusuf al-Usaymin taşkilotga a'zo davlatlar hukumat va nohukumat taşkilotlari, davlat va xususiy sektorini Al-Qudsda yaşovçi falastikliklarga yordam berişga çaqirdi.  

U bu haqdagi gaplarni IHTga a'zo davlatlar taşqi işlar vazirlari ijroiya qömitasining Al-Aqso masjidi atrofidagi voqealarni muhokama qiliş uçun Turkiya talabi bilan çaqirtirilgan favqulodda yiğilişida aytib ötdi.

“IHT Islom taraqqiyot banki bilan birgalikda Falastinda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlaniş böyiça loyihalarni amalga oşirmoqda. Bundan taşqari, Islom birdamlik jamğarmasi 27 mln dollarlik loyihalarni moliyalaştirmoqda”, deb aytdi al-Usaymin.

Al-Usayminning aytişiça, falastinliklarni Şarqiy Al-Qudsda tahqirlaş ortida taşkilotga a'zo davlatlar gardaniga qöşimça majburiyatlar tuşmoqda. “Biz xalqaro hamjamiyat bilan Isroilning falastinliklarning huquqlarini buzişini töxtatişimiz va falastin xalqiga zarur yordam körsatişimiz lozim», deb ta'kidlab ötgan Al-Usaymin.